O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

UzDaily · 16.03.2026 · 11:30 · 639 views
Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3787, 14.03.2026 y.).

Ushbu hujjat bilan sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi etika tamoyillari belgilanmoqda: qonuniylik, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi, tushunarlilik, masʼuliyat, javobgarlik va nazorat, adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;, ochiqlik va shaffoflik, maʼlumotlar himoyasi, ishonchlilik va xavfsizlik.

Quyidagi qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik talabi belgilanmoqda:

inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar;

sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlar.

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilarga:

ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi,

sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim to‘g‘ri bo‘lmasligi;

ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki maʼlumot uchun foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot berishi lozim.

Shu bilan birga, qoidalarda sunʼiy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

UzDaily · 👁 639 views · 16.03.2026 · 11:30