Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati tadbirkorlarni soliqqa oid qöşimça qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi qonunni ma’qulladi.
«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini yana-da qöllab-quvvatlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hujjat parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi.
Tuzatişlar ayrim hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uçun soliq yengilliklarini joriy etiş, şuningdek, sanoat, farmatsevtika, pillaçilik va boşqa tarmoqlarni qöllab-quvvatlaşni nazarda tutadi.
“Yaşil” xayriya jamğarmasiga ixtiyoriy xayriyalar, şuningdek, yaşil boğlarni quriş va saqlaş xarajatlari soliqqa tortişdan ozod etiladi.
Qonunda tölov tizimlari operatorlarining platformalari orqali soliq tölovlarini amalga oşirişda ularning xizmatlari uçun undiriladigan haqni bekor qiliş ham nazarda tutilgan.
Vakolatli davlat organi tomonidan ta’lim taşkilotlari uçun tavsiya etilgan öquv-metodik majmualar va boşqa öquv materiallarini realizatsiya qiluvçi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod etiladi. Imtiyoz raqamli va audiovizual materiallarga ham tatbiq etiladi.
Senatorlar ta’kidlaşiça, qonun yaşil hududlarni kengaytiriş, soliq imtiyozlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş va aholi daromadlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Kutilayotgan natijalar qatorida havo sifatini yaxşilaş va iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş ham qayd etilgan.
Muhokamalar yakunlari böyiça qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.