Özbekiston

Senat farmatsevtika sohasiga oid qonunçilik özgarişlarini ma’qulladi

Senat farmatsevtika sohasiga oid qonunçilik özgarişlarini ma’qulladi
Senat farmatsevtika sohasiga oid qonunçilik özgarişlarini ma’qulladi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati farmatsevtika faoliyati töğrisidagi qonunçilikka dori vositalarini işlab çiqariş va tibbiy buyumlarni sotişning yangi qoidalarini nazarda tutuvçi özgartirişlarni ma’qulladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

«Farmatsevtika faoliyatini takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi.

Avvalroq hujjat Senatning 17-yalpi majlisida muhokama qilingan, biroq ayrim qoidalar yuzasidan bildirilgan e’tirozlar sababli rad etilgan edi.

Şundan söng Oliy Majlis palatalarining Kelişuv komissiyasi qonunni qayta körib çiqib, uni takomillaştirdi.

Kiritilayotgan özgartirişlarga köra, hujayra texnologiyalari asosida yaratilgan biotexnologik preparatlar ham dori vositalari qatoriga kiritiladi.

Şuningdek, şartnoma asosida yoki texnologiyalar transferi orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni boşqa farmatsevtika taşkiloti tomonidan işlab çiqariş imkoniyati joriy etilmoqda. Bunda buyurtmaçi va işlab çiqaruvçi çiqarilayotgan dori vositalarining xavfsizligi, sifati va samaradorligi uçun javobgar böladi.

Hujjatda tibbiy buyumlarni klinik tadqiqotlardan ötkaziş, ularning xavfsizligi va samaradorligini baholaşning huquqiy asoslari ham belgilangan.

Özgartirişlar mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarini ham aniq çegaralab beradi. Vakillik organlari farmatsevtika sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi. Mahalliy ijro etuvçi organlar esa bunday dasturlarni işlab çiqişi va amalga oşirilişini ta’minlaşi kerak.

Özgartirişlarning alohida qismi tibbiy buyumlarni çakana sotişga taalluqli. Uşbu faoliyatni litsenziyalaş talabi bekor qilinadi. Uning örniga tadbirkorlar belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor qilişi kerak böladi.

Bunda dori vositalarini çakana sotiş uçun litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar tibbiy buyumlarni sotiş uçun alohida xabarnoma yuborişi talab etilmaydi.

Sözga çiqqan senatorlar özgartişlar farmatsevtika işlab çiqarişiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mahalliy korxonalar imkoniyatlarini kengaytiriş hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilganini ta’kidladi.

Muhokamalar yakunlari böyiça senatorlar qonunni ma’qulladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.