Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Raqobat qömitasi telekanallarga reklama ovozini reklama sababli töxtatilgan teledasturlar ovozidan baland qilib uzatiş taqiqlanganini eslatdi. Bunga tomoşabinlardan kelib tuşgan murojaatlar sabab böldi, deya xabar berdi idora matbuot xizmati.
Qömitaga ayrim reklama bloklarining ovozi telekörsatuvlar ovozidan ança baland ekani yuzasidan şikoyatlar kelib tuşmoqda. Tomoşabinlarning fikriça, bu televizor köriş jarayonida noqulaylik tuğdiradi.
Idorada ta’kidlanişiça, qonunçilik tele va radioefirdagi reklama ovozining balandligiga nisbatan talablarni belgilaydi.
«Reklama töğrisida»gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va u haqdagi anonslarning ovoz balandligi reklama materialini namoyiş etiş uçun töxtatilgan teledastur yoki telekörsatuv ovozidan yuqori bölmasligi kerak.
Qömita uşbu talabga rioya etilişini nazorat qiladi. Zarur hollarda reklama ovozining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi texnik vositalar yordamida tekşiriladi.
Qonunçilik talablarini buzgan holda reklamani tarqatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Qömita ommaviy axborot vositalari, telekanallar, reklama agentliklari va reklama tarqatuvçilarni qonun talablariga rioya etişga hamda reklama materiallarini joylaştirişda teletomoşabinlar manfaatlarini hisobga olişga çaqirdi.