Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati jinoyat işlarini körib çiqişda advokatlarning huquqlarini kengaytirişga qaratilgan tuzatişlarni ma’qulladi.
«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida körib çiqildi.
Hujjat Jinoyat-protsessual kodeksi va «Advokatura töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi. Ular taraflarning tortişuvçanligini, huquqlari tengligini ta’minlaş va sud jarayonida advokatning rolini oşirişga qaratilgan.
Suriştiruv yoki dastlabki tergov yakunlanganidan söng advokatga himoya pozitsiyasini taqdim etiş uçun beş sutka muddat beriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga bunday hujjatni taqdim etiş tartibini belgilaydigan norma ham kiritilmoqda.
Ayblov xulosasi tasdiqlanganidan keyin prokuror jinoyat işini himoya pozitsiyasi bilan birga sudga yuboradi.
Senatorlar ta’kidlaşiça, qonunning qabul qilinişi sud muhokamasida himoya tomonining huquqlarini kengaytiradi.