7
Özbekiston

Özbekiston va YE giyohvandlikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston va YE giyohvandlikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston va YE giyohvandlikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Prezident huzuridagi Narkotiklar va öqotar qurollar nazorati agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Yevropa Ittifoqi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi hamda narkotiklar bilan boğliq jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

CADAP va EU-ACT dasturlari vakillari iştirokidagi uçraşuv Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va öqotar qurollar nazorati agentligida bölib ötdi. Bu haqda agentlik xabar berdi.

CADAP 8 dasturi doirasida tomonlar giyohvandlik bilan boğliq muammolarni, jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini qamrab olgan holda kompleks yondaşuv asosida hal etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Şuningdek, 2027 yilga möljallangan iş rejasining ustuvor yönalişlari va sohaviy idoralarga texnik kömak körsatiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda EU-ACT dasturi doirasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2027 yil uçun qöşma tadbirlar rejasini tayyorlaş, sohaviy organlarga texnik yordam körsatiş va ikki dastur faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari körib çiqildi.

Narkojinoyatçilikning zamonaviy tendensiyalariga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar giyohvandlik vositalari bilan boğliq hamda internet orqali sodir etiladigan jinoyatlarni aniqlaş va ularga çek qöyiş işlarini faollaştirişni taklif qildi.

Moliyaviy oqimlarni tahlil qiliş, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalaniş, şuningdek, sohaviy idoralar faoliyatini raqamlaştiriş ham ustuvor yönalişlar qatoriga kiritildi.

Bundan taşqari, tomonlar narkotiklar bilan boğliq jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça Yevropa tajribasini, jumladan, Fransiya, Ispaniya va Italiya amaliyotini örganiş masalalarini muhokama qildi.

Yevropa narkotiklar agentligi (EUDA) bilan professional hamkorlikni yölga qöyiş va tahliliy ma’lumotlar almaşinuvini kengaytiriş böyiça takliflar bildirildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça iştirokçilar Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, amaliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda qöşma işlarni aniq natijalarga yönaltiriş zarurligini ta’kidladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.