Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Polşa Prezidenti maslahatçisi Radoslav Gruk bilan uçraşuv ötkazdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş va parlamentlararo hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda sönggi yillarda Özbekiston va Polşa örtasidagi munosabatlar siyosiy va iqtisodiy yönalişlarda faollaşgani ta’kidlandi. Tomonlar turli darajalardagi aloqalarni ham rivojlantirmoqda.
Nuriddin Ismoilov Polşa vakiliga Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. U iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi özgarişlar, erişilgan natijalar hamda Qonunçilik palatasi faoliyati haqida sözlab berdi.
Radoslav Gruk Özbekistonda sönggi ön yil davomida amalga oşirilgan özgarişlarga ijobiy baho berdi. Şuningdek, mamlakatning oçiq taşqi siyosati uning xalqaro mavqeini mustahkamlaş, siyosiy va diplomatik aloqalarini rivojlantirişga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Uçraşuv iştirokçilari asosiy e’tiborni parlamentlararo hamkorlik istiqbollariga qaratdi. Xususan, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş, parlamentlararo döstlik guruhi faoliyatini jadallaştiriş, deputatlar örtasida muntazam aloqalarni yölga qöyiş, şuningdek, sohaviy qömita va komissiyalar hamkorligini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar 2026 yilda amalga oşirilgan özaro taşriflarning ahamiyatini ham ta’kidladi. Jumladan, yanvar oyida Polşa Seymi delegatsiyasi Özbekistonda bölgan, 16–18 sentyabr kunlari esa Oliy Majlis Qonunçilik palatasi delegatsiyasi Polşaga taşrif buyurgan.