Özbekiston

Özbekistonga noqonuniy aktivlardan $252,5 mln qaytariladi

Özbekistonga noqonuniy aktivlardan $252,5 mln qaytariladi
Özbekistonga noqonuniy aktivlardan $252,5 mln qaytariladi / Foto: Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Şveysariya mamlakatga noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini — 252,5 million dollar mablağni qaytariş töğrisidagi kelişuvni tasdiqladi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast fondi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarini rivojlantirişga yönaltiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Kelişuv 2026 yil 24 noyabrda tasdiqlangan. Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçi doirasida aktivlarni qaytariş va ulardan ustuvor ijtimoiy dasturlarni amalga oşirişda foydalaniş mexanizmi nazarda tutilgan.

Hujjatni Özbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveysariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori Sabine Mal imzoladi.

“Işonç” fondi (Uzbekistan Vision 2030 Fund) Özbekiston, Şveysariya va BMT hamkorligida Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan. Uning asosiy vazifasi Şveysariyada musodara qilingan aktivlarni qaytariş va ulardan Özbekiston aholisi manfaatlari yölida foydalanilişini ta’minlaşdan iborat.

Fond 2022 yilda Şveysariya va Özbekiston örtasida Özbekiston xalqi manfaatlari yölida noqonuniy yöl bilan orttirilgan aktivlarni qaytariş, ya’ni restitutsiya töğrisidagi kelişuv imzolanganidan söng taşkil etilgan. Fond Özbekistondagi milliy islohotlarni qöllab-quvvatlaş va Barqaror rivojlaniş maqsadlariga (BRM) erişişga xizmat qiluvçi dasturlar orqali aktivlarning şaffof va samarali qaytarilişini ta’minlaydi.

Fond orqali Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat işi doirasida uzil-kesil musodara qilingan aktivlar qaytarilmoqda. Şuningdek, u Şveysariyada davom etayotgan jinoiy tergov jarayonida kelgusida uzil-kesil musodara qilinişi mumkin bölgan qöşimça aktivlarni qaytariş mexanizmi sifatida ham xizmat qiladi.

Şveysariya prokuraturasi 2012 yilda Karimova va uning atrofidagi şaxslarga nisbatan tergov boşlagan. 2020 yil mart oyida Özbekiston sudi uni, jumladan, mablağlarni özlaştiriş va pul yuviş jinoyatlari uçun 13 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilgan.

Fond öz faoliyatida BMTning tamoyillari va qadriyatlariga, şuningdek, Aktivlarni qaytariş böyiça global forumning (GFAR) asosiy tamoyillari — şaffoflik, hisobdorlik, iştirok etiş va jamoat manfaatlariga amal qiladi. Fond bayonotiga köra, restitutsiya jarayonining tamoyillarga asoslangan, amaliy, öz vaqtida va adolatli bölişini ta’minlaş uçun ilğor xalqaro tajribalar qöllaniladi.

Fondga 339,5 million dollar ajratilgan. Hozirga qadar u Özbekiston aholisi uçun soğliqni saqlaş va ta’lim xizmatlarining qulayligi hamda sifatini oşirişga qaratilgan dasturlar portfeliga 87 million dollar yönaltirgan.

Mablağlar BMT va Jahon banki iştirokida Özbekiston hukumati dasturlari orqali taqsimlanadi. Loyihalarni tanlaş, amalga oşiriş va natijalarini monitoring qiliş jarayonlarida şaffoflik, hisobdorlik va jamoatçilik iştiroki tamoyillariga amal qiliş nazarda tutilgan.

Fond qarorlarni qanday qabul qiladi?

“Işonç” restitutsiya fondi hisoblanadi. Uning maqsadi musodara qilingan aktivlarni Özbekistonga qaytariş orqali aholi hayotida uzoq muddatli ijobiy özgarişlarga erişişdan iborat. Barça qarorlar uşbu maqsaddan kelib çiqib, şaffoflik va hisobdorlikka ustuvor ahamiyat berilgan holda qabul qilinadi.

Fond faoliyatiga uç nafar hamraisdan iborat Boşqaruv qömitasi rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga Özbekiston hukumati vakili, Şveysariya hukumati vakili hamda BMTning doimiy koordinatori kiradi. Qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi. Agar özaro kelişuvga erişilmasa, masala Şveysariya Davlat kotibi örinbosari va Özbekiston Boş vaziri örinbosaridan iborat yuqori darajadagi Strategik qömita körib çiqişiga kiritiladi.

Boşqaruv qömitasi Fuqarolik jamiyati maslahat kengaşidan (CSAC) tavsiyalar oladi. Uning iştiroki fondga aholining haqiqiy ehtiyojlari va turli nuqtai nazarlarini hisobga oliş, şuningdek, jamoatçilik işonçini saqlaş imkonini beradi. Kengaş fuqarolik jamiyati va qaror qabul qiluvçilar örtasidagi boğlovçi böğin vazifasini bajaradi.

Fond Özbekistonda soğliqni saqlaş va ta’lim xizmatlarining qulayligi hamda sifatini oşirişga qaratilgan Resurslarni taqsimlaş strategiyasiga muvofiq loyihalarga sarmoya kiritadi.

Fond mablağlarini taqsimlaşning birinçi bosqiçida soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga 87 million dollar yönaltirilgan. Uşbu mablağlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal yordamni takomillaştiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş uçun sarflangan.

Ikkinçi bosqiçda moliyalaştirişning ikkita asosiy yönalişi belgilangan.

Soğliqni saqlaş sohasida bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatişni takomillaştiriş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş tizimini kengaytiriş, jumladan, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oşiriş ham közda tutilgan.

Ta’lim sohasida mablağlar maktablarning infratuzilma ehtiyojlarini qondirişga, jumladan, yangi ta’lim muassasalari qurilişini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi. Strategiyada raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli ta’limdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş ham nazarda tutilgan.

Bunda qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamlariga alohida e’tibor qaratiş rejalaştirilgan.

Fond faoliyatining boşqa tamoyillari qatorida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, mablağlardan maqsadli foydalaniş, loyihalar natijalarini baholaş hamda fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoring jarayonlarida iştirok etişi ham belgilangan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.