Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 17/03/2025 Sanjar Djabarov Andijon viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Sanjar Djabarov Andijon viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Sanjar Buranovich Djabarov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Sanjar Djabarov 2022 yilning oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi. Ungacha Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Andijon IIBning avvalgi rahbari Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling