O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

Dilafro'z Niyazova · 06.02.2025 · 22:00 · 709 views
Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?
Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq? / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 14 871 tani tashkil etdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bunda eng ko‘p korxona poytaxt Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan — 9 676 ta. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati joylashgan bo‘lib, bu yerda 1 773 ta korxona mavjud. Uchlikni Samarqand viloyati yakunlaydi — 570 ta korxona.

Qolgan hududlardagi holat quyidagicha:

Surxondaryo viloyati — 483 ta

Farg‘ona viloyati — 456 ta

Buxoro viloyati — 315 ta

Andijon viloyati — 308 ta

Navoiy viloyati — 244 ta

Namangan viloyati — 217 ta

Jizzax viloyati — 201 ta

Sirdaryo viloyati — 200 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 155 ta

Qashqadaryo viloyati — 140 ta

Xorazm viloyati — 133 ta

Shu tariqa, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri va unga yaqin hududlarda jamlangan bo‘lib, bu hududlar xorijiy sarmoyalar uchun eng jozibador ekanligini ko‘rsatmoqda.