Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qirğiziston Andijon şahrida Boş konsulxona oçadi. Uning konsullik okrugi Özbekistonning uçta viloyati — Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning farmonida ma’lum qilingan.
Hujjatga muvofiq, yangi vakolatxonaning asosiy vazifasi Özbekistonda bölib turgan Qirğiziston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, ularga konsullik xizmatlarini körsatişdan iborat.
Boş konsulxonaning oçilişi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, ularning fuqarolari uçun yana-da qulay şaroitlar yaratişga ham qaratilgan.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga diplomatik vakolatxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal etiş, şuningdek, zarur normativ-huquqiy hujjatlarni farmonga muvofiqlaştiriş topşirildi.
Hujjat 10 kundan keyin kuçga kiradi.