Özbekiston

Prezident Buxorodagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Buxorodagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Buxorodagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni bunyodkorlik işlarining borişi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişiş uçun Buxoro viloyatiga keldi.

Taşrif Kogon tumanida joylaşgan Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan boşlandi. Bu yerda Qur’on tilovat qilinib, xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

Xoja Muhammad Bahouddin Naqşband XIV asrda yaşab ötgan buyuk alloma, tasavvufdagi naqşbandiya tariqatining asosçisidir. Uning maqbarasi atrofida asrlar davomida şakllangan me’moriy majmua bugun ham islom olamidagi e’zozli ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Har kuni örtaça 15 mingga yaqin kişi ziyorat qilayotgan Bahouddin Naqşband me’moriy majmuasi “Ipak yöli: Zarafşon – Qoraqum koridori” tarkibida UNESCOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Sönggi yillarda majmuaning tarixiy qiyofasini asraş va ziyoratçilarga qulaylik yaratiş böyiça işlar olib borildi. XV asr çizmalari asosida “Doniyolbiy otaliq” madrasasi va “Toqi miyona” darvozasi ta’mirlandi, muzey ekspozitsiyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.

Prezidentimiz Buxoro asrlar davomida ma’rifatli islom taraqqiyotida muhim örin tutib kelganini ta’kidladi. Bu boy ma’naviy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş, ularni ilm-ma’rifatga undaş zarurligini qayd etdi.

– Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy bobolarimiz nomi bilan boğliq majmualar – bularning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini davom ettiriş va yoşlarimizni şu ruhda tarbiyalaş, – dedi davlatimiz rahbari.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.