O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va O‘mon parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 16:00 · 27 views
Oʻzbekiston va O‘mon parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va O‘mon parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Maskat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi Davlat kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi o‘rinbosari Salim bin Musallim Qatan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash hamda ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.