O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 13:50 · 26 views
Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiMalayziyaning Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili ishtirokida mamlakatning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — "Dagang NeXchange Berhad" rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar ekotizimini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribani o‘rganish va almashish, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda "DNeX"ning yarimo‘tkazgichlar sanoatidagi salohiyati va ilg‘or tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur kompaniya raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya xizmatlari, energetika hamda yarimo‘tkazgichlar yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi Malayziyaning yirik texnologik guruhlaridan biri hisoblanadi. 2021-yilda "DNeX" mamlakatning yetakchi yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "SilTerra Malaysia Sdn. Bhd."ning 60 foiz ulushini xarid qilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda zamonaviy yarimo‘tkazgichlar ekotizimini shakllantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi o‘zaro manfaatdorligini tasdiqladilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, yuqori texnologiyalar va innovatsion sanoat yo‘nalishlarida yangi sheriklik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda zamonaviy yarimo‘tkazgichlar ekotizimini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.