O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"O'zbekneftgaz" BCG bilan hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 13.03.2026 · 11:45 · 736 views
"O'zbekneftgaz" BCG bilan hamkorlikni muhokama qildi

"O'zbekneftgaz" BCG bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov xalqaro konsalting kompaniyasi - Boston Consulting Group (BCG) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tomonlar hamkorlik imkoniyatlari hamda kelgusidagi istiqbollarni muhokama qildilar. Shuningdek geologik o‘rganish, qazib chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish sohalarini strategik konsalting yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishni davom ettirish hamda ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning potensial formatlarini batafsil ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

UzDaily · 👁 736 views · 13.03.2026 · 11:45