O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston bandlik sohasida hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 08.12.2024 · 22:58 · 1477 views
O‘zbekiston va Qozog‘iston bandlik sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bandlik sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari Askar Biaxmetov bilan uchrashdi.

Unda ikki vazirlik oʻrtasida bandlik, aholini kasb-hunarga tayyorlash va mehnat inspeksiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so'nggida bandlik va kasb-hunarga tayyorlash sohasida kadrlarni malakasini oshirish va maʼlumot almashinish boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olindi.