O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston va KOICA hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 14:00 · 34 views
O‘zbekiston va KOICA hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi
O‘zbekiston va KOICA hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi / Foto: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova 3 sentyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofisi yangi direktori Kim Myon Jin bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida KOICAning O‘zbekistonda ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi qayd etildi.

Uchrashuvda sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalarini sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va taʼlim sohalariga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Kun tartibidan iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalari ham o‘rin oldi.

Tomonlar sheriklikni yana-da kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

Bunda O‘zbekistonning milliy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari va Koreya Respublikasining tajribasini inobatga olish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va kelgusi loyihalarni belgilashda yaqin muvofiqlashuv hamda muntazam fikr almashish muhimligini taʼkidladi.