Iqtisod

O‘zbekiston va Filippin mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Filippin mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston va Filippin mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri oʼrinbosari Ra'no Turdiboyeva Filippin davlatining Oʼzbekistondagi elchisi Roberto Manalo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda turli sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Filippin fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Filippinning bu boradagi boy tajribasiga tayangan holda mehnat migratsiyasi va kasb-hunar ta’limi sohasida ham o‘zaro tajriba almashdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.