O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Ashxabodda «Markaziy Osiyo – YEI» uchrashuvida ishtirok etdi

Dilafro'z Niyazova · 28.03.2025 · 09:15 · 571 views
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Ashxabodda «Markaziy Osiyo – YEI» uchrashuvida ishtirok etdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Ashxabodda «Markaziy Osiyo – YEI» uchrashuvida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxabodda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi»ning 20-chi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram-kanalida ushbu uchrashuv mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – YEI» sammitiga tayyorgarlik, shuningdek, qo‘shma mintaqaviy dasturlar va loyihalarni amaliy tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Tadbir yakunida Mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.