O‘zbekiston meva-sabzavot eksporti $1 mlrddan oshdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga 1 283,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Eksport hajmi qiymat jihatidan 1 025,4 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2025 yilning mos davrida 1 278,5 ming tonna mahsulot 1 066,6 mln dollarga eksport qilingan edi. Shu tariqa, jismoniy hajmdagi eksport 0,4 foizga oshgan bo‘lsa, qiymat jihatidan eksport 3,9 foizga kamaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 5,1 foizni tashkil etdi.
Meva eksporti 290,8 ming tonnadan 251,0 ming tonnaga qisqardi. Bunda eksport tushumi unchalik katta o‘zgarmadi — 330,8 mln dollardan 308,0 mln dollarga tushdi. Meva eksporti tarkibida shaftoli eksporti 87,9 ming tonnadan 92,3 ming tonnaga oshdi, undan tushgan daromad esa 80,5 mln dollardan 91,7 mln dollarga ko‘paydi. Shu bilan birga, mayiz eksporti 54,6 ming tonnadan 51,6 ming tonnaga kamaydi.
Gilos eksporti 34,3 ming tonnadan 25,2 ming tonnaga, o‘rik eksporti 61,0 ming tonnadan 26,4 ming tonnaga qisqardi. Uzum eksporti esa 29,5 ming tonnadan 37,8 ming tonnaga oshdi. Shu bilan birga, uzum eksportidan tushgan daromad 24,9 mln dollardan 28,9 mln dollarga ko‘paydi. Quritilgan olxo‘ri eksporti miqdor jihatidan 23,5 ming tonnadan 17,7 ming tonnaga kamaygan bo‘lsa-da, tushum 33,0 mln dollar darajasida saqlanib qoldi.
Sabzavotlar eksporti, aksincha, 484,2 ming tonnadan 539,6 ming tonnaga oshdi. Eksport tushumi esa 165,9 mln dollardan 200,5 mln dollarga ko‘paydi. Asosiy o‘sish piyoz hisobiga to‘g‘ri keldi: uning eksporti 284,0 ming tonnadan 304,1 ming tonnaga oshdi, tushum esa 79,7 mln dollardan 89,3 mln dollarga ko‘paydi.
Karam eksporti 126,9 ming tonnadan 139,4 ming tonnaga, pomidor 30,8 ming tonnadan 33,0 ming tonnaga, sabzi 39,2 ming tonnadan 57,5 ming tonnaga, sarimsoq eksporti esa 3,4 ming tonnadan 5,6 ming tonnaga oshdi.
Boshqa mahsulotlar orasida qovun va tarvuz eksporti biroz kamayib, 175,7 ming tonnadan 173,9 ming tonnaga tushdi. Biroq ulardan tushgan eksport tushumi 41,9 mln dollardan 55,1 mln dollarga oshdi.
Yeryong‘oq va yong‘oqlar eksporti miqdor jihatidan 13,1 ming tonnadan 13,3 ming tonnaga o‘zgardi, tushum esa 31,2 mln dollardan 30,3 mln dollarga kamaydi. Mash eksporti 33,6 ming tonnadan 35,7 ming tonnaga oshdi, undan tushgan daromad esa 32,1 mln dollardan 33,9 mln dollarga ko‘paydi.