Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Valovaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Jumladan, O‘zbekiston BMT agentliklari bilan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yaqin hamkorlik olib borayotgani, shuningdek, mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini izchil amalga oshirish orqali BRM yo‘nalishida aniq natijalar qo‘lga kiritilayotgani alohida taʼkidlandi.
 
Shu bilan birga, Tatyana Valovaya xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida O‘zbekiston mintaqada yetakchilik qilayotganini hamda namunaviy model sifatida eʼtirof etilayotganini qayd etdi.
 
Amaliy tajriba almashish maqsadida u O‘zbekiston delegatsiyasini BMTning Jenevadagi bo‘linmasida ayol rahbarlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qildi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining  Jeneva shahridagi BMT binosida “Samarqand” nomli mavzuli xona tashkil etish tashabbusi yuzasidan fikr almashildi. Taʼkidlanganidek, mazkur tashabbus O‘zbekistonning BMT tizimidagi madaniy mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro hurmat, madaniy xilma-xillik va sivilizatsiyalar muloqotini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling