O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va YUNIDO strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 07.12.2025 · 12:15 · 1458 views
Oʻzbekiston va YUNIDO strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va YUNIDO strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4 dekabr kuni Vena shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova YUNIDOning Global sherikliklar va tashqi aloqalar direksiyasining boshqaruvchi direktori, bosh direktor o‘rinbosari Fatu Xaydara boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari va strategik sheriklikning kelgusi istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuvda hamkorlik bo‘yicha bazaviy bitimni tayyorlash va imzolash masalalari, shuningdek, mintaqaning innovatsion va ekologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Yashil texnologiyalar bo‘yicha Mintaqaviy xab tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar YUNIDO Bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifi hamda tashkilotning mamlakatda rasmiy ofisini ochish shartlar iyuzasidan ham fikralmashdilar. Shuningdek, farmatsevtika, standartlashtirish, elektrotexnika va boshqa ustuvor sohalarda sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

UzDaily · 👁 1458 views · 07.12.2025 · 12:15