O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Xitoy yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar

UzDaily · 13.02.2026 · 10:32 · 1083 views
Oʻzbekiston va Xitoy yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Xitoy yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda o‘zaro tashriflar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.