O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

"Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston" parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

UzDaily · 07.02.2025 · 23:15 · 631 views
"Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston" parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston" parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 7-fevral kuni Senatda “Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston davlati o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.

Muloqot davomida ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida doimiy aloqalar va muloqot tobora rivojlanib borayotgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, muloqot davomida O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga eʼtibor qaratildi.

Suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, “Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston” parlamentlararo guruhining o‘zaro hamkorligini faollashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

UzDaily · 👁 631 views · 07.02.2025 · 23:15