Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi sentyabr oyida vatandoşlarning Vatanga qaytişiga kömaklaşdi, huquqiy maslahatlar berdi, şuningdek, ijtimoiy va maişiy masalalarni hal etişda yordam körsatdi.
Migratsiya agentligi ma’lumotlariga köra, bir oy davomida 4 401 nafar fuqaroning Özbekistonga qaytişiga yordam berildi. 983 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Jami 5 715 ta holatda huquqiy maslahat va yordam körsatildi. Bundan taşqari, 409 ta holatda vaqtinça yaşaş va işlaş bilan boğliq xarajatlar qoplandi, 171 ta holatda esa advokatlar va boşqa taşkilotlar xizmatlari uçun tölov amalga oşirildi.
Şuningdek, 19 ta holatda tibbiy xarajatlar qoplab berildi. Yana 329 nafar fuqaroga, jumladan, işga joylaşişda kömaklaşiş orqali ijtimoiy yordam körsatildi.
Maslahat va yordam oliş uçun Rossiyada bölgan Özbekiston fuqarolari Migratsiya agentligining vakolatxonasiga işonç telefoni orqali murojaat qilişlari mumkin: +7 495 803-40-00.