O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Infografika · Moliya

O‘zbekiston sug‘urta bozori 52,7 foizga o‘sdi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda sug‘urta mukofotlari hajmi 4,02 trln so‘mga yetdi. To‘lovlar, investitsiyalar va majburiyatlar ham sezilarli o‘sdi.
UzDaily · 19.06.2026 20:35 41 views
Yuklab olish
Moliya
O‘zbekiston sug‘urta bozori 52,7 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda sug‘urta bozori 2026-yilning birinchi choragida sezilarli o‘sishni qayd etdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) choraklik hisobotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar–mart oylarida sug‘urta mukofotlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 foizga oshib, 4,017 trln so‘mni tashkil etdi.

Bozor yetakchisi 1,031 trln so‘mlik sug‘urta mukofotlari bilan «Apex Insurance» kompaniyasi bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, sug‘urta to‘lovlari hajmi 838,2 mlrd so‘mga yetib, 30,2 foizga o‘sdi. Sug‘urta tashkilotlarining jami majburiyatlari 4,41 trln so‘mni tashkil etib, 58,8 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, sohaning investitsiya portfeli ham ijobiy dinamikani namoyish etdi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, uning hajmi 10,34 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,6 foizga oshdi.

Mamlakat bo‘yicha yig‘ilgan barcha sug‘urta mukofotlarining 82,4 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Sug‘urta mukofotlarining asosiy qismini ixtiyoriy sug‘urta tashkil etib, uning ulushi 83 foizga yetgan. Amal qilayotgan sug‘urta shartnomalari soni esa 12,34 milliontani tashkil etdi.