O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘ona uzumlari Yaponiyadagi supermarketlarda sotilmoqda

UzDaily · 02.11.2025 · 12:20 · 1597 views
Farg‘ona uzumlari Yaponiyadagi supermarketlarda sotilmoqda

Farg‘ona uzumlari Yaponiyadagi supermarketlarda sotilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil sentabr oyida “Sherakhun” xususiy korxonasi tomonidan “Washin Trading Co., Ltd” kompaniyasiga dastlabki namuna sifatida yuborilgan uzum yaponiyalik importyorlar tomonidan yuqori baholanib, natijada tomonlar o‘rtasida qiymati 1 million dollar bo‘lgan eksport shartnomasi imzolandi.

Shartnoma doirasida 28-sentabr kuni ilk tijoriy jo‘natma amalga oshirilib, 1 tonna uzum (“Kelin barmoq” va “Qora kishmish” navlari) Tokio shahriga muvaffaqiyatli yetkazib berildi. Shu partiya bilan birga namuna tariqasida anor va xurmo mahsulotlari ham yuborildi.

Yaponiyalik importyorlar anor va xurmo mahsulotlarini ham yuqori baholab, “Quva-Agro Star” MCHJ bilan yangi eksport shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnoma asosida uzum, anor va xurmo mahsulotlaridan iborat 1 135 kilogramm mahsulot Yaponiya davlatining Tokio shahriga eksport qilindi.