Özbekiston

Davlatimiz rahbari Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş işlari bilan tanişdi

Davlatimiz rahbari Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş işlari bilan tanişdi
Davlatimiz rahbari Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş işlari bilan tanişdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurdi.

Abdullaxon madrasasi XVI asr özbek me’morçiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa rejasi va içki tuzilişi murakkab muhandislik yeçimi bilan an’anaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning boş kiriş qismi janubga qaragan bölib, u kök rangli koşin va sirli naqşlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy ta’lim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan.

Ansamblning janubiy qismida 1566-1567-yillarda Abdullaxon II tomonidan öz onasi şarafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylaşgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarşi, bir öq çiziğida qurilgan.

Qöşmadrasa ansambli 2023-2024-yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh taşrif buyurmoqda.

Davlatimiz rahbariga Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilindi.

Prezidentimiz sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan körsatmalar berdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.