O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Bayram kunlari Toshkent metrosi maxsus jadvalga o'tadi

UzDaily · 19.03.2026 · 00:04 · 713 views
Bayram kunlari Toshkent metrosi maxsus jadvalga o'tadi

Bayram kunlari Toshkent metrosi maxsus jadvalga o'tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan Toshkent metropolitenida ish rejimiga vaqtinchalik o‘zgartishlar kiritiladi.

2026 yil 20 mart kuni poyezdlar harakati odatdagidan bir soat oldin — soat 04:00 da boshlanadi.

Keyingi kunlarda metropoliten ishi quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:

20–21 mart kunlari — shanba kuni jadvali bo‘yicha;

22–23 mart kunlari — yakshanba kuni jadvali bo‘yicha.

Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

 

UzDaily · 👁 713 views · 19.03.2026 · 00:04