Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-noyabr kuni AQŞ Kongressida mamlakatimizning Vaşingtondagi elçixonasi tomonidan Özbekiston böyiça kokus a’zolari bilan hamkorlikda taşkil etilgan Özbekiston kuni bölib ötdi.
Unda Özbekiston delegatsiyasi, Respublikaçilar va Demokratik partiyalardan senatorlar va kongressmenlar, jumladan, Özbekiston hamda Markaziy Osiyo böyiça kokuslar hamraislari, Amerika–Özbekiston savdo palatasi rahbariyati, AQŞning yetakçi kompaniyalari, diplomatik va ekspert doiralari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbir iştirokçilariga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi. Murojaat katta e’tibor bilan tinglanib, nihoyatda samimiy kutib olindi. Unda davlatimiz rahbari Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning ortga qaytmas tus olganini ta’kidlab, AQŞ bilan strategik şeriklikning muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. Oliy darajadagi muntazam va yaqin muloqot ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bağişlagani qayd etildi.
S.Safoyev öz nutqida Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar natijalariga batafsil töxtaldi. U 2017-yildan buyon mamlakat iqtisodiyoti uç barobar ösgani, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi esa 150 milliard dollardan oşganini ta’kidladi. Kambağallik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 3,9 foizga tuşdi.
Şundan söng bölib ötgan muhokama davomida iştirokçilar Özbekiston–AQŞ munosabatlari strategik manfaatlar muştarakligi asosida rivojlanayotganini qayd etdilar. Bu esa AQŞda ma’muriyatlar almaşişi va saylov jarayonlaridan qat’i nazar, hamkorlikni izçil kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov bugungi kunda Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp savdo, investitsiyalar va texnologiyalarga ustuvor e’tibor qaratib, ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab berayotganini ta’kidladi.
Uning fikriça, qöşma işlab çiqariş loyihalarini ilgari suriş va uzoq muddatli işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş şeriklikning puxta iqtisodiy asosini şakllantiriş hamda kelgusi ön yilliklar davomida uning barqarorligini ta’minlaş imkonini beradi.
Özbekiston böyiça kokus hamraisi, kongressmen Trent Kelli Özbekiston Respublikasi Prezidentiga AQŞ Kongressidagi Özbekiston kuni iştirokçilariga yöllagan ilk murojaati uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. “Avvalo, kelajakni strategik jihatdan teran anglaydigan, qisqa vaqt içida mamlakatingiz taraqqiyotida ulkan yuksalişga erişgan atoqli yetakçi — Özbekiston rahbariga minnatdorlik bildirmoqçiman”, — dedi u.
Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraisi, senator Stiv Deyns ham Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlarni yuksak baholadi.
Uning ta’kidlaşiça, “Özbekiston keng kölamli yangilaniş davrini boşdan keçirmoqda, AQŞ bilan munosabatlar esa misli körilmagan yuksak darajaga yetdi. Mamlakat yuksaliş yölidan bormoqda va uning rivojlaniş istiqbollari nihoyatda porloq. Agar bugun biror mamlakatning aksiyalarini sotib olişni rejalaştirayotgan bölsangiz, Özbekistonni tanlaşingiz kerak. Toşkentga ançadan beri kelmaganlarga bu şaharga yana taşrif buyurişni qat’iy tavsiya etaman. Bugun Toşkent butunlay yangi qiyofa kasb etgan. Yangi Toşkent bevosita köz öngimizda barpo etilmoqda va buning öziyoq uşbu ajoyib mamlakatni qanday kelajak kutayotganidan yaqqol dalolat beradi”.
2025 va 2026-yillarda Özbekistonga taşrif buyurgan AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Kerol Miller mamlakat bilan bevosita tanişiş amalga oşirilayotgan özgarişlar kölamini töliq baholaş imkonini berişini qayd etdi. “Özbekiston va Qöşma Ştatlar örtasidagi munosabatlar heç qaçon hozirgidek yaxşi bölmagan. Bu — şubhasiz haqiqat.
AQŞ işonçli döstlar izlamoqda. Özbekiston esa ana şunday döstlardan biridir”, — deya xulosa qildi u.
Amerika–Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm sanoat, aviatsiya, energetika va texnologiya sohalarida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini ta’kidladi. U Samarqandda ötkazilgan biznes-forumning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi. Mazkur forum Özbekiston–AQŞ iqtisodiy aloqalari avvalgi davr bilan qiyoslab bölmaydigan, sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarilganini namoyon etdi. 2017–2025-yillarda Özbekistonga AQŞdan 2,9 milliard dollardan ziyod töğridan-töğri investitsiyalar va kreditlar jalb etilgani qayd etildi. “Biz Özbekistonning tarmoqlari diversifikatsiya qilingan, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotni barpo etişga intilayotganini körib turibmiz”, — dedi u.
Umuman olganda, mazkur tadbir AQŞda Özbekistonga katta siyosiy e’tibor qaratilayotganini, amerikalik qonun çiqaruvçilar va işbilarmon doiralar ikki tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini namoyon etdi.