O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

AKB “Kapitalbank” 15 mln yevro miqdorida kredit jalb qildi

UzDaily · 16.01.2025 · 12:12 · 893 views
AKB “Kapitalbank” 15 mln yevro miqdorida kredit jalb qildi
AKB “Kapitalbank” 15 mln yevro miqdorida kredit jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kapitalbank Germaniyaning Helaba (Landesbank Hessen-Thüringen) banki bilan 15 million yevrolik savdoni kreditlash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzoladi.

Kelishuv bitimi imzolanishi 14-15 yanvar kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan Euromoney 2025 xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Bu strategik sheriklik eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Kelishuv ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish va biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi.