O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

“Aloqabank” yarim yillik sof foydasini 21,4 foizga oshirdi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 21:30 · 29 views
“Aloqabank” yarim yillik sof foydasini 21,4 foizga oshirdi

“Aloqabank” yarim yillik sof foydasini 21,4 foizga oshirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Aloqabank”ning 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha sof foydasi 252 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga oshdi.

Bankning moliyaviy hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 12 oydagi foyda 295,9 mlrd so‘mga yetgan bo‘lib, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 2,8 foizga yuqori.

Hisobot davri oxiri holatiga ko‘ra, bank aktivlari yillik hisobda 31,3 foizga o‘sib, 36,7 trln so‘mni tashkil qildi.

Bankning o‘z kapitali ham 30 foizga oshib, 4,9 trln so‘mga yetdi.

Bankning jami daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘paydi. Shu bilan birga, kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar uchun shakllantirilgan zaxiralar hajmi 29,1 foizga qisqarib, 108,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2026 yil 1 iyun holatiga bankning kredit portfeli 21,1 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 41,9 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,7 foizdan 3,5 foizgacha oshdi.