7
Iqtisod

Özbekistonda 2017–2025 yillar YAIM körsatkiçlari qayta hisoblandi

Özbekistonda 2017–2025 yillar YAIM körsatkiçlari qayta hisoblandi
Özbekistonda 2017–2025 yillar YAIM körsatkiçlari qayta hisoblandi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —  Özbekiston Milliy statistika qömitasi 2017–2025 yillar uçun yalpi içki mahsulotning (YAIM) yillik va çoraklik körsatkiçlarini qayta hisoblab çiqdi. Qayta körib çiqiş natijalariga köra, 2025 yilda nominal YAIM hajmi avval e’lon qilingan 1 849,7 trln söm örniga 2 126,8 trln sömni taşkil etdi.

Bu haqda Milliy statistika qömitasida bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yangilangan va avvalgi baholar örtasidagi farq 277,1 trln sömni yoki 15 foizni taşkil etdi. Qayta hisoblaş aholi va qişloq xöjaligi sohasida ötkazilgan röyxatga oliş tadbirlari natijalari, korxona va taşkilotlarning yangilangan yillik hisobotlari, şuningdek, takomillaştirilgan statistik kuzatuvlar asosida amalga oşirildi.

Qayta hisoblaşdan asosiy maqsad iqtisodiy faoliyatni yana-da töliq hisobga oliş, milliy hisoblar tizimiga yangi ma’lumotlarni kiritiş hamda turli yillardagi körsatkiçlarning özaro taqqoslanişini ta’minlaşdan iborat.

YAIM bahosining umumiy 277,1 trln sömga oşişidan 36,4 trln söm yoki 13,1 foizi aholini röyxatga oliş natijalari hissasiga töğri keladi. Yana 80,4 trln söm yoki 29 foizlik ösiş qişloq xöjaligini röyxatga oliş bilan boğliq.

Qayta körib çiqişning eng katta qismi — 160,3 trln söm yoki 57,9 foizi korxona va taşkilotlar töğrisidagi yangilangan statistik ma’lumotlar hisobiga töğri keladi.

Milliy statistika qömitasida ta’kidlanişiça, nominal YAIMning 15 foizga oşişi iqtisodiyotning real ösişi ham xuddi şu miqdorda köpayganini anglatmaydi.

Yangilangan hisob-kitoblarga köra, 2025 yilda Özbekiston iqtisodiyotining real ösişi 7,8 foizni taşkil etgan. Avvalgi baholaşda uşbu körsatkiç 7,7 foizga teng bölgan.

Şunday qilib, qayta hisoblaş bir yil davomida işlab çiqarilgan mahsulotlar va körsatilgan xizmatlar hajmining qöşimça ravişda oşganini emas, balki yana-da töliq va batafsil ma’lumotlar asosida avvalgi baholarga aniqlik kiritilganini aks ettiradi.

Hisob-kitoblar BMTning Milliy hisoblar tizimi standartlari va xalqaro ekspertlar tavsiyalari inobatga olingan holda amalga oşirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.