Iqtisod

Özbekiston va Jahon banki biznesning eksport imkoniyatlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

Özbekiston va Jahon banki biznesning eksport imkoniyatlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi
Özbekiston va Jahon banki biznesning eksport imkoniyatlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “Özbekekspertiza” AJ vakillari Toşkentda Jahon banki missiyasi bilan uçraşdi. Bu haqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xabar berdi.

Uçraşuv 24 noyabr kuni Jahon bankining Toşkentdagi ofisida bölib ötdi. Unda iştirokçilar SABIIT loyihasi doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar markazida kiçik va örta biznesning eksport salohiyatini oşiriş, mahalliy yetkazib beruvçilarni rivojlantiriş, şuningdek, sertifikatlaş va laboratoriya sinovlari sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari böldi.

Agentlik va “Özbekekspertiza” AJ vakillari öz faoliyatining ustuvor yönalişlari haqida ma’lumot berdi. Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari hamda ularning mahsulotlarini eksport qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon banki mutaxassislari özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Şuningdek, iştirokçilar belgilangan yönalişlarda hamkorlikni yana-da rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.