Iqtisod

Özbekiston va Iordaniya xususiy tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston va Iordaniya xususiy tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston va Iordaniya xususiy tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniya xususiy tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.

Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizovning Iordaniya xususiy şifoxonalari assotsiatsiyasi vakillari bilan uçraşuvi yakunlari böyiça tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Uçraşuv iştirokçilari xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantiriş, sohaga investitsiyalar jalb qiliş, tibbiyot turizmini kengaytiriş va tajriba almaşiş masalalarini muhokama qildi.

Iordaniya xususiy şifoxonalari assotsiatsiyasi (Private Hospitals Association) 1984 yilda taşkil etilgan bölib, mamlakatdagi 58 ta xususiy tibbiyot muassasasini birlaştiradi.

Imzolangan memorandum ikki davlat xususiy tibbiyot muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş uçun imkoniyatlar yaratişni nazarda tutadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.