Texnologiyalar

Özbekiston sun’iy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini oşiradi

Özbekiston sun’iy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini oşiradi
Özbekiston sun’iy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini oşiradi / Foto: Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston sun’iy intellektni rivojlantiriş maqsadida 2027 yilda quvvati 7 ekzaflopsdan ortiq bölgan yangi hisoblaş klasterini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisi yakunlari böyiça xabar berdi.

24 noyabr kuni deputatlar raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovning sun’iy intellektni rivojlantiriş, uni ustuvor sohalarga joriy etiş hamda tegişli loyihalarni amalga oşiriş böyiça axborotini eşitdi.

Vazir 2030 yilgaça sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilgan işlar natijalarini taqdim etdi. Strategiyada sun’iy intellektdan davlat boşqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada foydalaniş, milliy hisoblaş infratuzilmasini yaratiş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş nazarda tutilgan.

2026 yil iyul oyida «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlar markazida zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi işga tuşirildi. Bundan taşqari, soğliqni saqlaş sohasi ehtiyojlari uçun kiçik hisoblaş klasteri ham faoliyat boşladi.

Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan sun’iy intellektdan foydalanişga qaratilgan 100 dan ortiq loyihani amalga oşiriş boşlandi. Ular raqamli hukumat, kadrlar tayyorlaş, soğliqni saqlaş, ijtimoiy soha, jamoat xavfsizligi, huquqiy himoya, qişloq xöjaligi va ekologiya yönalişlarini qamrab olgan.

Şuningdek, «Özbek tili korpusi» milliy ma’lumotlar töplami şakllantirildi. U 6,5 millionta hujjat, 6,1 milliardta söz va 20 milliardta tokenni öz içiga oladi.

Mutaxassislarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş uçun aileaders.uz platformasi yaratildi. «Sun’iy intellekt böyiça beş million yetakçi» loyihasi doirasida 1,6 milliondan ortiq yoş ta’lim oldi va tegişli sertifikatlarga ega böldi.

Umumta’lim maktablari uçun sun’iy intellekt böyiça yettita, oliy ta’lim muassasalari uçun esa uçta öquv qöllanmasi işlab çiqildi. Ular 2026/2027 öquv yilidan boşlab ta’lim jarayoniga joriy etildi. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt böyiça uçta laboratoriya oçildi.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, IT Park rezidentlari orasida sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni 240 taga yetdi. Ular tomonidan körsatilgan xizmatlar hajmi 895 milliard sömni, eksport esa 75 million dollarni taşkil etdi.

Oxford Insights taşkilotining hukumatlarning sun’iy intellektni joriy etişga tayyorligi indeksida Özbekiston sakkiz poğona yuqorilab, 195 ta davlat orasida 62-örinni egalladi.

Bundan taşqari, 2026 yil 16 iyulda Özbekiston Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik böyiça Jahon taşkilotining (WAICO) ta’sis bitimini imzolagan 29 ta davlat qatoriga kirdi.

Muhokamalar davomida deputatlar hal etilişi lozim bölgan vazifalarni ham belgilab oldi. 2026 yil oxiriga qadar serverlar sonini 24 taga, grafik kartalar sonini esa 192 taga yetkaziş rejalaştirilgan.

Şuningdek, yil yakuniga qadar oliy ta’lim muassasalaridagi sun’iy intellekt laboratoriyalari sonini 21 taga yetkaziş vazifasi qöyildi. Ularning faoliyatini iqtisodiyot tarmoqlarining amaliy ehtiyojlari bilan boğlaş közda tutilgan.

Ilmiy taşkilotlar, startaplar va hududiy maslahatçilar uçun GPU-klasterlar hamda yirik ma’lumotlar bazalaridan imtiyozli foydalaniş imkoniyatini yaratişga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar raqamli texnologiyalar vazirining axborotini ma’lumot uçun qabul qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.