Özbekiston

Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Qozoğistonda böladi

Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Qozoğistonda böladi
Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Qozoğistonda böladi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Ostona şahrida böladi.

Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlaş, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda işlatilişiga qarşi kuraşiş, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarişda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.

Aqaba jarayoni 2015-yilda Podşoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbus bölib, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda xavfsizlikni ta’minlaş sohasida tajriba almaşiş va qöşma sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.