Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik çorvadorlar delegatsiyasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boşçiligida Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi kömagida Xitoyning sutçilik sohasidagi korxonalari texnologiyalari va naslli çorva mollarini yetkazib beriş imkoniyatlarini örganmoqda. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Ninsya-Xuey muxtor rayonining Uçjun şahrida fermerlar Wuzhong Dairy Industry Co., Ltd. kompaniyasiga taşrif buyurib, çorvaçilikda sun’iy intellekt va robotlaştirilgan tizimlardan foydalaniş bilan tanişdi.
Kompaniya ma’lumotlariga köra, uning işlab çiqariş tizimi 160 ming boş qoramolni qamrab oladi. Korxona va unga aloqador xöjaliklarda har kuni qariyb 3 ming tonna sut işlab çiqariladi. Har bir soğin sigirdan örtaça kunlik sut soğimi 40 litrni taşkil etadi.
Hayvonlarni oziqlantirişda har bir boş uçun alohida hisob-kitoblar qöllaniladi. Örtaça bir boş qoramolga sutkasiga 50–55 kilogramm ozuqa sarflanadi. Ratsion hayvonning holati va mahsuldorligini hisobga olgan holda özgartirib boriladi.
Fermada sun’iy intellekt yordamida har bir hayvonning soğliği, oziqlanişi va mahsuldorligi kuzatib boriladi. Robotlar ozuqa tarqatiş vazifasini bajaradi. Haroratni boşqariş, sut soğiş, sovitiş va sutni saqlaş jarayonlari esa avtomatlaştirilgan.
Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga köra, korxona faoliyati davlat tomonidan töliq qöllab-quvvatlanadi. Bunday kömak zamonaviy infratuzilmani yaratiş va texnologik yeçimlarni joriy etiş imkonini bergan.
Taşrif davomida özbekistonlik fermerlar bunday texnologiyalarni mahalliy şaroitda qöllaş, zamonaviy sutçilik majmualarini taşkil etiş va raqamli boşqaruv tizimlarini joriy qiliş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Delegatsiya, şuningdek, Uçjun şahrida joylaşgan Ningxia Xingniu Rui International Trade Co., Ltd. kompaniyasiga ham taşrif buyurdi. Uning vakillari naslli qoramollarni köpaytiriş, yuqori mahsuldor zotlarni parvarişlaş hamda hayvonlarni xorijiy bozorlarga eksport qiliş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Özbekistonlik tadbirkorlar kompaniyaning naslli çorva mahsulotlari, eksport tajribasi va Özbekistonga qoramol yetkazib beriş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdi. Uçraşuv iştirokçilari savdo aloqalarini yölga qöyiş, naslli çorva mollarini yetkazib beriş va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
Palata ma’lumotlariga köra, delegatsiyaning Xitoy böylab safari 21 noyabrga qadar davom etadi.