Sport

Özbekiston Dakardagi ösmirlar Olimpiadasida ikki medal qölga kiritdi

Özbekiston Dakardagi ösmirlar Olimpiadasida ikki medal qölga kiritdi
Özbekiston Dakardagi ösmirlar Olimpiadasida ikki medal qölga kiritdi / Foto: Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi Dakarda ötkazilayotgan IV yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlarida ikkita medal qölga kiritdi. Jamoa hisobida suziş böyiça bronza, dzyudo musobaqalarida esa kumuş medal bor.

Özbekiston delegatsiyasiga ilk medalni suzuvçi Muhammadismoil Rahmonov taqdim etdi. U 200 metrga brass usulida suziş bahsida 2 daqiqa 15,79 soniya natija körsatib, uçinçi örinni egalladi.

Ikkinçi medalni dzyudoçi Jörabek Eşpölatov qölga kiritdi. U 100 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida final bahsida raqibiga mağlub bölib, Öyinlarning kumuş medali sovrindoriga aylandi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.