7
Iqtisod

Özbekistonda yengil sanoat korxonalari qöllab-quvvatlanadi

Özbekistonda yengil sanoat korxonalari qöllab-quvvatlanadi
Özbekistonda yengil sanoat korxonalari qöllab-quvvatlanadi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yengil sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlarni ma’qulladi. Ular qatorida 36 oylik kredit ta’tili beriş va eksport tuşumini qaytariş muddatini 365 kungaça uzaytiriş ham nazarda tutilgan.

Çora-tadbirlar 2026 yil 26 noyabrdagi «Yengil sanoat korxonalarining taşqi bozorlarda raqobatbardoşligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-407-son qarorda belgilangan. Ular 2026–2029 yillarga möljallangan.

Maqsadli körsatkiçlar

2030 yilga qadar eksport hajmi 10 million dollardan oşadigan korxonalar sonini 2 baravarga köpaytiriş rejalaştirilgan. 1000 nafardan ortiq iş örniga ega korxonalar soni esa 60 taga yetkaziladi.

11 trillion söm miqdoridagi aylanma mablağlar hisobiga qöşimça 23 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bu 500 million dollarlik eksport salohiyatini yaratiş va 110 mingdan ortiq iş örnini saqlab qoliş imkonini berişi kerak. Bundan taşqari, tejamkor boşqaruv tizimlarini joriy etiş orqali mahsulot tannarxini örtaça 7 foizgaça kamaytiriş nazarda tutilgan.

Kreditlar va eksport

Investitsiya loyihalari hamda aylanma mablağlarni töldiriş uçun ajratilgan kreditlar böyiça asosiy qarzni qaytariş muddati 36 oyga uzaytiriladi. Ya’ni korxonalarga kredit ta’tili beriladi. Şuningdek, foiz tölovlarining bir qismini qoplaş tizimi joriy etiladi.

Eksport tuşumini qaytariş muddati 2028 yil 1 yanvarga qadar 365 kungaça uzaytiriladi. Uşbu davrda korxonalarga nisbatan jarimalar va eksport operatsiyalariga doir çeklovlar qöllanilmaydi.

Avval taqdim etilgan bojxona bojidan ozod qiliş imtiyozlari 2030 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi. Uşbu imtiyozlar işlab çiqariş uçun zarur bölgan va mamlakatga olib kiriladigan xomaşyo, boşqa materiallar, butlovçi buyumlar hamda ehtiyot qismlarga taalluqli.

Paxta tolasini qayta işlaş quvvatlariga ega paxta-töqimaçilik klasterlari va töqimaçilik korxonalarining kredit qarzdorligi undirilayotganda, sotib olingan xom paxta hamda undan işlab çiqarilgan tolaga undiruv qaratilişiga yöl qöyilmaydi.

Kredit ta’tilini beriş tartibi

Hujjatda kredit ta’tilini beriş tartibi belgilangan. Uşbu davrda kredit böyiça foizlar şartnomada belgilangan tartibda tölanişda davom etadi. Kreditni uzil-kesil qaytariş muddati 36 oyga uzaytiriladi, garov ta’minoti esa saqlab qolinadi.

Kredit ta’tili, birinçi navbatda, iqtisodiy körsatkiçlari barqaror bölgan korxonalarga beriladi. Bunday korxonalar qatoriga işlab çiqariş quvvatlariga, doimiy iş örinlariga ega, qayta işlaş zanjirida iştirok etadigan va bankrotlik jarayonlari boşlanmagan korxonalar kiradi. Mezonlar Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi tomonidan 2024 yil 22 iyuldagi PF-103-son farmonning 5-bandi asosida tuzilgan işçi guruh bilan birgalikda belgilanadi.

Kredit ta’tili olgan korxonalar zimmasiga 12 oy içida xalqaro sertifikatlar (BCI, Betterwork va boşqalar) hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etiş talabi yuklanadi. Uşbu talabning bajarilişini Agentlik nazorat qiladi va monitoring natijalarini tijorat banklariga taqdim etadi.

Agar korxona foiz tölovlarini 90 kundan ortiq muddatga keçiktirsa yoki belgilangan talabni bajarmasa, bank kredit ta’tilini bekor qiliş, kreditni muddatidan oldin undiriş va garovga qöyilgan mol-mulkka undiruv qaratiş huquqiga ega böladi.

Kompensatsiyalar va qöllab-quvvatlaş

«Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ kreditlar böyiça foiz xarajatlarini kompensatsiya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan yengil sanoat korxonalariga ajratilgan kreditlar böyiça tijorat banklari xarajatlarining bir qismini qoplab beradi. Bunda kredit miqdori, tadbirkorlik subyekti toifasi, hudud va barqarorlik reytingi ahamiyatga ega bölmaydi.

2029 yil 31 dekabrga qadar milliy valyutadagi kreditlar böyiça Markaziy bankning asosiy stavkasining ikki baravaridan oşmaydigan miqdordagi stavka doirasida kompensatsiya tölanadi. Kompensatsiya asosiy stavkaning ortiqça qismi uçun, biroq 10 foiz bandidan köp bölmagan miqdorda beriladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar böyiça esa 5 foiz bandigaça bölgan miqdordan oşadigan foiz xarajatlarining bir qismi, biroq 7 foiz bandigaça kompensatsiya qilinadi.

Bundan taşqari, amaldagi kreditlarni ajratiş uçun jalb qilingan resurslar stavkalari bilan ularni qayta moliyalaştirişga möljallangan yangi resurslar stavkalari örtasidagi ijobiy farq ham qoplanadi. Bunda farq 4 foiz bandigaça, kompensatsiya muddati esa beş yildan oşmasligi kerak.

Yengil sanoatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan mahsulot tannarxini maqbullaştirişga qaratilgan tadbirlar (Kaizen, Lean management va boşqalar) xarajatlari qoplanadi.

2027 yil 1 iyulga qadar sun’iy tolani qayta işlaşga ixtisoslaşgan korxonalarga uşbu tolani import qiliş bilan boğliq transport xarajatlarining bir qismi, ya’ni 1 tonna uçun 200 dollar qoplab beriladi.

2028 yil 1 yanvarga qadar elektron savdo platformalarida sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizi, şuningdek, uşbu platformalarda mahsulot reklamasi bilan boğliq xarajatlarning bir qismi qoplanadi.

Banklar oldidagi qarzdorlik

Qarzdorlikni undiriş çoralari doirasida tijorat banklari va ularning investitsiya kompaniyalariga qarzni qoplaş hisobiga bank balansiga ötkazilgan, bozor qiymati 15 million dollardan yuqori bölgan töqimaçilik korxonalarini sotişga ruxsat beriladi.

Ularni qonunçilikda belgilangan tartibda bevosita 10 yilgaça bölib-bölib tölaş şarti bilan sotiş mumkin. Boşlanğiç tölov miqdori va bölib tölaş şartlarini bank boşqaruv organi asoslangan riskdan kelib çiqib belgilaydi. Xaridor öz majburiyatlarini töliq bajarguniga qadar mol-mulk garovda qoladi.

Korxonalar yangi investorga sotilguniga qadar banklar öz boşqaruv guruhi kuçlari bilan işlab çiqarişni tiklaşi va mahsulotlarni eksportga çiqarişi mumkin. Investorlarni jalb qilişda mahalliy tadbirkorlarga ustuvorlik beriladi.

Kreditlari uzaytirilmagan paxta-töqimaçilik klasterlari böyiça iqtisodiy jihatdan tiklaniş imkoniyatiga ega korxonalarning kreditlaş şartlarini qayta körib çiqişga, şuningdek, moliyaviy soğlomlaştirişning boşqa mexanizmlarini qöllaşga ruxsat beriladi.

Imtiyozli Jamğarma mablağlaridan foydalangan klasterlar hamda ular tarkibiga kiruvçi ip yigiriş va boşqa korxonalarning barça tuşumlari xizmat körsatuvçi bankdagi asosiy hisob-kitob raqami orqali ötkaziladi. Boşqa banklarda ikkilamçi hisobvaraqlar oçişga yöl qöyilmaydi.

Klasterlarning Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi oldidagi qarzlari

Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan 2022–2023 yillardagi paxta hosili uçun ajratilgan kreditlar böyiça qarzdorligi mavjud klasterlar, şuningdek, faoliyat yuritayotgan klasterlarning jami 3,2 trillion sömlik kredit tölovlarini qaytariş muddati uzaytiriladi.

Tölovlar 2028–2029 yillarda har oyda teng uluşlarda qaytarilişi kerak. Kreditning yillik foiz stavkasi 10 foizni, şu jumladan, bank marjasi 2 foizni taşkil etadi. Amaldagi tartib böyiça hisoblangan foizlar 2026 yil oxiriga qadar undiriladi.

2025 yilgi paxta hosili uçun ajratilgan 1,2 trillion sömlik kredit böyiça qarzni tölaş muddati uni teng uluşlarda bölib tölaş şarti bilan 2027 yil 1 martga qadar uzaytiriladi.

Agar Jamğarmaning 2023 yil va undan oldingi yillarda paxta yetiştiriş hamda yiğib-terib oliş uçun ajratgan kreditlari belgilangan muddatda qaytarilmagan bölsa, kreditning qaytarilmagan qismi uçun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravari miqdorida foiz tölaş talabi bekor qilinadi. Uşbu tartib asosida hisoblangan foizlar ham bekor qilinadi.

Moliyaviy barqarorligi past klasterlarning kredit qarzdorligi “Agrobank” ATB moliyaviy holatiga salbiy ta’sirini kamaytiriş maqsadida respublika byudjetidan Jamğarma orqali bank depozit hisobvarağiga 2 trillion söm joylaştiriladi.

Mablağlar 2031 yil 31 dekabrga qadar, yillik 9 foiz stavkada, şu jumladan, ikki yillik imtiyozli davr bilan joylaştiriladi. Foizlar yiliga bir marta tölanadi.

Uşbu mablağlar qayta işlaş quvvatlari va pul oqimlaridan kelib çiqib, istiqbolsiz deb topilgan hamda 2022–2023 yillar hosili böyiça qarzdorligi mavjud klasterlarning kreditlarini qayta rasmiylaştiriş orqali Jamğarma resurslarini qaytarişga yönaltiriladi.

Qişloq xöjaligi va xodimlar

2027 yil hosilidan boşlab qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilariga imtiyozli kreditlar ajratişda ularning kredit tarixi hisobga olinadi.

Tijorat banklari paxta va ğalla yetiştirişni moliyalaştiriş uçun Jamğarmadan jalb qilingan resurslar böyiça foizlarni qişloq xöjaligi korxonalarining foiz tölovlari muddatlariga muvofiq mavsumiy ravişda tölaydi.

Şu yilgi hosildan boşlab Jamğarmaning paxta va ğalla yetiştiriş uçun ajratiladigan resurslari böyiça stavka 2 foiz bandiga pasaytiriladi, “Agrobank” ATBning marjasi esa 4 foiz etib belgilanadi.

Andijon viloyatidagi örtaça yillik xodimlari soni 500 nafarni taşkil etadigan yengil sanoat korxonalarida kamida beş yil iş stajiga ega xodimlarning farzandlari uçun oliy ta’lim muassasalarida öqiş kontraktining 100 foizi 2029 yil 1 yanvarga qadar respublika byudjetidan qoplab beriladi.

Şuningdek, xodimlarni taşiş xarajatlarining 50 foizgaça bölgan qismi qoplanadi.

2027 yil 1 apreldan boşlab uşbu çoralar boşqa hududlardagi korxonalarga ham tatbiq etiladi. Bunday korxonalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlik hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati va xodimlarning örtaça yillik sonidan kelib çiqib belgilaydi.

Byudjet va qaror ijrosi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2026 yil uçun respublika byudjetining qöşimça manbasidan foiz xarajatlarini kompensatsiya qilişga 200 milliard sömgaça mablağ ajratiş topşirildi.

2029 yilga qadar uşbu xarajatlar byudjet parametrlarini şakllantirişda hisobga olinadi.

Toşkent viloyati hokimligiga vazirlik bilan birgalikda Yuqoriçirçiq tumanidagi “Körsoy” va «Nurli zamin» mahalla fuqarolar yiğinlari hududida töqimaçilik sanoati zonasi infratuzilmasini rivojlantiriş xarajatlarini 2027 yilgi Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritiş masalasini körib çiqiş topşirildi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.