Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni etib belgilanadi. Qonunga tegişli özgartirişlar Senatning 21-yalpi majlisida ma’qullandi.
Özgartirişlar «Özbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonunga kiritilmoqda. Ular kasb bayramini nişonlaydiganlar qatoriga farmatsevtika sohasi mutaxassislarini ham qöşişni nazarda tutadi.
Taşabbus farmatsevtika sohasi xodimlarining mehnatini e’tirof etişga qaratilgan. Ular aholi salomatligini muhofaza qiliş va sifatli hamda xavfsiz dori vositalari yetkazib berilişini ta’minlaşda iştirok etadi.
Muhokamalar davomida senatorlar farmatsevtika sohasining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi. Ularning fikriça, yagona kasb bayramini joriy etiş soha mutaxassislarining hissasini e’tirof etiş va ular kasbining nufuzini oşiriş imkonini beradi.
Şuningdek, bu taşabbus sohaga yoş va iqtidorli kadrlarni jalb etişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.