Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda tovarlar eksporti va importiga miqdoriy çeklovlar joriy etiş hamda kvotalarni taqsimlaşning yagona tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 6 noyabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan. Hujjat eksport va import kvotalarini joriy etiş, ularni taqsimlaş hamda ma’muriy boşqariş jarayonlarini tartibga soladi.
Yangi mexanizm kvotalarni taqsimlaşning ikki usulini nazarda tutadi: aralaş usul va «birinçi kelgan — birinçi oladi» tamoyili.
Aralaş usulda kvotaning yarmi arizalar kelib tuşiş navbatiga qarab taqsimlanadi. Qolgan 50 foizi esa an’anaviy eksportyorlar va importyorlarga ularning ötgan davrdagi eksport yoki import operatsiyalari körsatkiçlarini hisobga olgan holda ajratiladi.
Ikkinçi usulda kvotalar Bojxona qömitasining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimida bojxona yuk deklaratsiyalari qabul qilingan kalendar kunlar ketma-ketligiga muvofiq taqdim etiladi.
Kvotalarni taqsimlaşda ariza beruvçilar huquqlarining tengligi va kamsitmaslik tamoyillariga rioya qilinişi şart. Korxonalarning mulkçilik şakli va röyxatdan ötgan joyi ularning kvotalardan foydalaniş imkoniyatiga ta’sir körsatmasligi kerak.
Hujjatda Bojxona qömitasining vazifalari ham belgilangan. Miqdoriy çeklovlar joriy etiş böyiça takliflarni körib çiqiş jarayonida idora mas’ul organga tegişli tovarlar eksporti va importi hajmlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etişi lozim.
Çeklovlar joriy etiş töğrisida qaror qabul qilinganidan söng, u haqdagi ma’lumot uç iş kuni içida Bojxona qömitasining rasmiy veb-saytiga joylaştirilişi kerak.
«Birinçi kelgan — birinçi oladi» tamoyili asosida taqsimlanadigan kvotalar töğrisidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida şakllantiriladi. Tizimda foydalanilgan kvota hajmlari, joriy zaxira, böş qoldiqlar hamda bojxona deklaratsiyalarining navbati haqida umumlaştirilgan ma’lumotlar aks ettiriladi.
Bunda tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar oşkor etilmaydi.
Miqdoriy çeklovlarning amal qiliş muddati ularni joriy etişga asos bölgan holatlarning davomiyligiga boğliq böladi. Zarur hollarda bunday çoralarning asosliligi va mutanosibligi qayta körib çiqiladi.
Qaror taşqi savdo operatsiyalarini tartibga soliş, kvotalarni taqsimlaş jarayonining şaffofligini oşiriş va tadbirkorlar uçun teng şaroitlarni ta’minlaşga qaratilgan.
Hujjat Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga rasman a’zo bölgan kunidan e’tiboran kuçga kiradi.