Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Energiya” muvofiqlaştiruvçi-dispetçerlik markazi Markaziy Osiyoda elektr energiyasining pilot qisqa muddatli bozorini işlab çiqiş, joriy etiş va unga xizmat körsatiş uçun konsalting kompaniyalarini tanlovga taklif qildi.
Qiziqiş bildiriş töğrisidagi arizalar 2026 yil 30 noyabrga qadar qabul qilinadi.
Loyiha Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikistonni qamrab oladi. Maslahat xizmatlari Jahon bankining elektr energiyasi bilan özaro boğliqlik va savdo böyiça REMIT mintaqaviy loyihasi doirasida moliyalaştiriladi.
Loyihaning maqsadi pilot bozor faoliyatini tartibga soluvçi huquqiy kelişuvlar va hujjatlarni tayyorlaş, savdo platformasi hamda hisob-kitoblar tizimini işlab çiqiş, şuningdek, bozorni işga tuşiriş va uning keyingi faoliyatini ta’minlaşdan iborat.
Maslahatçi tizim işga tuşirilganidan keyin 24 oy davomida pilot bozor faoliyatini ta’minlaş böyiça xizmatlar körsatişi kerak böladi. Buyurtmaçi uşbu muddatni har yili uzaytiriş huquqiga ham ega böladi.
Şartnoma 2027 yil may oyida kuçga kirişi kutilmoqda. Loyihani amalga oşiriş ikki bosqiçga bölingan. Birinçi bosqiç şartnoma imzolangan sanadan boşlab tizimni işlab çiqiş va joriy etiş uçun 18 oyni öz içiga oladi. Ikkinçi bosqiç esa işlayotgan bozorga 24 oy davomida xizmat körsatişni, keyinçalik esa bu muddatni har yili uzaytiriş imkoniyatini nazarda tutadi.
Işlab çiqiladigan tizim yangi bozor mahsulotlarini joriy etiş, iştirokçi mamlakatlar sonini köpaytiriş va bozorga qöşimça iştirokçilarni jalb qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak.
Energetika bozorlarini loyihalaş, elektr energiyasi birja savdosi böyiça maslahat beriş, bozor operatsiyalarini taşkil etiş hamda savdo va hisob-kitob platformalarini yaratiş sohalarida tajribaga ega kompaniyalar tanlovda iştirok etişga taklif qilinadi.
Talabgorlar tegişli sohada kamida beş yillik iş tajribasiga ega bölişi lozim. Baholaş jarayonida bir kun oldingi elektr energiyasi bozorlari va qisqa muddatli bozorlarni işlab çiqiş, savdo va hisob-kitob platformalarini joriy etiş loyihalari, şuningdek, energetika bozorlariga xizmat körsatiş böyiça amaliy tajriba ham hisobga olinadi.
Kompaniyalardan elektr energetikasi bozorlarini taşkil etiş, energetika tizimlari iqtisodiyoti, bozor operatsiyalari va özaro boğlangan energetika tizimlarini boşqariş sohalaridagi texnik va boşqaruv salohiyatini tasdiqlovçi hujjatlar talab etiladi.
Konsalting kompaniyalari qöşma korxona şaklida boşqa firmalar bilan birlaşişi yoki submaslahatçilarni jalb qilişi mumkin. Biroq boş, şöba va özaro boğliq kompaniyalarning tajribasi iştirokçining malakasini baholaşda hisobga olinmaydi.
Maslahatçini tanlaş Jahon bankining xarid qoidalariga muvofiq takliflarning sifati va qiymatini baholaş (QCBS) usuli orqali amalga oşiriladi. Birinçi bosqiç uçun qat’iy belgilangan qiymatdagi şartnoma, ikkinçi bosqiç uçun esa amalda sarflangan vaqtga qarab haq tölanadigan şartnoma nazarda tutilgan.
Qiziqiş bildirgan kompaniyalar hujjatlarni ingliz tilida yozma şaklda — şaxsan, kuryer orqali yoki elektron poçta orqali taqdim etişi kerak.
Elektron şaklda yuborilganda hujjatlar PDF formatida taqdim etilişi lozim. Arizalarni topşirişning oxirgi muddati — 2026 yil 30 noyabr, Toşkent vaqti bilan soat 15:00.