7
Özbekiston

Özbekiston va Ömon yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

Özbekiston va Ömon yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
Özbekiston va Ömon yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidni ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Ömon Sultoni ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan ulkan hissasi uçun Prezidentimizni Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirladi.

Davlatimiz rahbari bunday yuksak e’tirof uçun Ömon Sultoniga samimiy minnatdorlik bildirib, uşbu mukofotni butun Özbekiston xalqiga, mamlakatlarimiz örtasidagi azaliy döstlik va mustahkam hamkorlikka körsatilgan yuksak hurmat ifodasi sifatida qabul qilişini ta’kidladi.

Öz navbatida, Prezidentimiz Ömon Sultonini mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Ta’kidlanganidek, uşbu mukofot Ömon Sultonining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi sa’y-harakatlariga Özbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Yetakçilarning oliy davlat mukofotlari bilan özaro taqdirlanişi tomonlarning köp qirrali şeriklikni yanada mustahkamlaşga bölgan qat’iy intilişini namoyon etdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.