Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadov respublikaga amaliy taşrifi davomida Qoraçoy-Çerkesiya Respublikasi rahbari Raşid Temrezov bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tomonlar mintaqalararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Raşid Temrezov özbek diplomati taşrifini muhim voqea deb atab, u ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar oçişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, gumanitar va madaniy hamkorlikni yana-da mustahkamlaş alohida ahamiyatga ega.
Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, sanoat, qişloq xöjaligi, turizm, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini körib çiqdi.