Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston biznes-ombudsmani Abdumannop Buriyev Buyuk Britaniya elçisining örinbosari Jeyms Roud-Mur bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar Toşkentda «Biznesda halollik» mavzusidagi V xalqaro forum doirasida bölib ötdi.
Tomonlar xorijiy investorlar huquqlarini himoya qiliş va Özbekistonda işbilarmonlik muhitini yana-da yaxşilaş masalalarini körib çiqdi. Şuningdek, tadbirkorlarni himoya qiliş va davlat tomonidan tartibga solişning biznesga ta’sirini baholaş sohalarida Britaniya tajribasini örganiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralarning alohida mavzusi Buyuk Britaniyaning tegişli taşkilotlari bilan tajriba almaşiş böldi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar amaliy hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Jumladan, Britaniya elçixonasi, Buyuk Britaniya kompaniyalari va Biznes-ombudsman vakillari iştirokida qöşma uçraşuvlar ötkaziş imkoniyati muhokama qilindi.
Bunday uçraşuvlardan töğridan-töğri muloqotni yölga qöyiş, dolzarb masalalarni körib çiqiş va birgalikda yeçimlar işlab çiqiş maqsadida foydalaniş rejalaştirilmoqda.