Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toşkent şahridan Parkent tumaniga elektropoyezdda keldi.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 27-yanvardagi “Özbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, poytaxt bilan Parkent tumanini boğlaş maqsadida yangi elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi. Joriy yilning sentabr oyidan Toşkent – Parkent yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyilgan.
Mazkur temir yöl poytaxt va Parkent örtasidagi transport aloqalarini mustahkamlaş bilan birga aholining harakatlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, tumanning turistik jozibadorligini oşiriş, tadbirkorlik va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida 535,4 milliard söm hisobidan 24 kilometrlik Baytqörğon – Parkent elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi. Bitta yangi bekat, uçta köprik, avtomobil yöl ötkazgiçi, 77 ta suv ötkaziş inşooti hamda 16 ta avtomobil va temir yöl kesişmasi barpo etildi.
Şuningdek, 24 kilometrlik kontakt tarmoği va elektr uzatiş liniyasi qurildi. Loyiha natijasida 40 ta yangi iş örni yaratildi.
Toşkent va Parkent örtasidagi umumiy masofasi 57,6 kilometr bölgan yönalişda oltita vagondan iborat zamonaviy “EP3D” elektropoyezdi qatnamoqda. Qiymati 124 milliard sömlik poyezd 586 nafar yölovçiga möljallangan bölib, soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Elektropoyezd Toşkentdan Parkentgaça bölgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi. Yöl haqi 10 ming söm etib belgilangan bölib, uşbu yönalişdagi taksi xizmati örtaça narxidan 2,5 barobar arzon.
Yangi yönalişda kuniga 2 ming nafargaça, yiliga esa 300 ming nafar yölovçini taşiş imkoniyati mavjud.
Elektropoyezdda yölovçilar uçun zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Vagonlar iqlim nazorati tizimi, qulay örindiqlar, USB quvvatlaş nuqtalari va bepul Wi-Fi bilan jihozlangan.
Nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar va moslaştirilgan joylar, velosipedlarni taşiş moslamalari hamda elektron axborot tablolari örnatilgan. Xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida videokuzatuv va töqnaşuv paytida zarba kuçini kamaytiruvçi tizimlar nazarda tutilgan.
Safar çoğida Prezidentimiz Toşkent viloyatining iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalaniş masalalariga e’tibor qaratdi. Xususan, yer resurslaridan unumli foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qişloq xöjaligi va mahsulotlarni qayta işlaş tarmoqlari salohiyatini kamida ikki barobar oşiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan tanişar ekan, temir yöl infratuzilmasini yanada takomillaştiriş, vokzallarda xizmat körsatiş sifatini oşiriş, yölovçilar uçun qulay şaroitlarni kengaytiriş, qatnovlar samaradorligini ta’minlaş va temir yölga tutaş hududlarni obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.