Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropolitenida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari yo‘qotilgan 10 ming AQSH dollarini topib, egasiga qaytardi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Pullar Sergeliy avtomobil bozorida mashina xarid qilish maqsadida Toshkentga kelgan Qozog‘iston fuqarosiga tegishli bo‘lgan. Uning aytishicha, u “Olmazor” metro bekatigacha yetib borgan, biroq yo‘lda sumkasidan bir dasta pul tushib ketgan. Shoshilib ketayotgani sababli erkak pullari yo‘qolganini payqamagan va ular yo‘qolganini avtomobil bozoriga borganidan so‘ng aniqlagan.
Yo‘qolgan pullarni ichki ishlar organlari xodimi topgan. Shundan so‘ng u hamkasblari bilan birgalikda videokuzatuv kameralari yozuvlari orqali pul egasining shaxsini aniqladi.
Erkak metro bekatiga taklif qilinib, unga topilgan 10 ming AQSH dollari qaytarib berildi. Qozog‘iston fuqarosi ichki ishlar organlari xodimlariga halolligi va tezkor ishi uchun minnatdorlik bildirdi.