7
Özbekiston

Özbekiston vakillari uçuvçisiz apparatlarni boşqarişni örgandi

Özbekiston vakillari uçuvçisiz apparatlarni boşqarişni örgandi
Özbekiston vakillari uçuvçisiz apparatlarni boşqarişni örgandi / Foto: Bojxona qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari vakillari Belarusda uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş böyiça öquv kursini tamomladi. Maşğulotlar Belarus Içki işlar vazirligi akademiyasining Xalqaro öquv markazi bazasida taşkil etildi.

«Uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş» kursida Özbekiston Bojxona qömitasi vakili O. Olimjonov iştirok etdi. Dastur nazariy maşğulotlar va amaliy tayyorgarlikni öz içiga oldi.

Iştirokçilar uçuvçisiz apparatlarni boşqariş, navigatsiya, real vaqt rejimidagi kinematika hamda köp motorli platformalar aerodinamikasini örgandilar. Şuningdek, dastur uçuvçisiz tizimlarni qöllaş bilan boğliq boşqa yönalişlarni ham qamrab oldi.

Öquv jarayonida iştirokçilar amaliy parvozlarni bajarib, nazariy maşğulotlarda olgan bilimlarini amalda sinab kördilar.

Dastur yakunida öquvda iştirok etgan delegatsiya ötkazilgan maşğulotlar va erişilgan natijalarni yuqori baholadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.