Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Science and Innovation Awards – 2026 mukofotini topşiriş marosimi 19 dekabr kuni Toşkentdagi “Turkiston” san’at saroyida bölib ötadi. Bu haqda Science and Innovation kompaniyasi xabar berdi.
Tadbir kompaniya taşabbusi bilan taşkil etilmoqda va bu yil beşinçi bor ötkaziladi. Loyiha ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar rivojiga hissa qöşayotgan olimlar, oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy taşkilotlarning xizmatlarini e’tirof etiş, şuningdek, ularning yutuqlarini keng jamoatçilik orasida tarğib qilişga qaratilgan.
2026 yilda mukofotlar oltita nominatsiya böyiça topşiriladi:
«2026 yil olimi»;
«Yilning eng yaxşi oliy ta’lim muassasasi»;
«Yilning eng yaxşi nodavlat oliy ta’lim muassasasi»;
«Yilning eng yaxşi ilmiy-tadqiqot instituti»;
«Yilning eng innovatsion universiteti»;
«Yilning eng yaxşi naşri».
Science and Innovation kompaniyasi ilm-fan va ta’lim sohasidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy salohiyatni ommalaştiriş hamda soha vakillarining yutuqlarini e’tirof etişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiradi. Science and Innovation Awards mukofoti ham şunday taşabbuslardan biri hisoblanadi.
Tantanali marosim doirasida ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Mehmonlar uçun, şuningdek, namoyiş çiqişlari va katta konsert dasturi tayyorlanadi.